Glossariy

Glossariy

 

Axborot – so‘zi lotincha «informatio» co‘zidan kelib chiqqan bo‘lib «tushuntirish, tanishtirish, bayon etish» - degan ma’nolarni anglatadi.

Axborot texnologiyalari – axborotni yig‘ish, saqlash, uzatish, o‘zgartirish, qayta ishlash usul va vositalari yig‘indisidan iborat.

Axborotlashtirish -  axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlaridan foydalanilgan holda yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoitlar yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni.

Axborot resurslari – insonlarning u yoki bu axborotlarga bo‘lgan extiyojlarini qondirish uchun to‘plangan barcha axborotlar tushuniladi.

Axborot tizimi – axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va undan foydalanish imkonini beradigan tashkiliy jihatdan tartibga solingan majmui.

Virtual auditoriya – masofali o‘qitish sharoitida o‘quvchilar guruhi o‘quv - tarbiya jarayonini tashkil etish.

Virtual universitet – axborot – ta’lim muxiti, boshqarish bloklari va virtual ta’lim muassasasini boshqarish yig‘indisi.

  1. Virtual server – bu provayder bilan kelishgan holda kompyuterning imkoniyati darajasiga qarab alohida server ko‘rinishda ishlashga mo‘ljallangan qo‘shimcha plata (elektron sxemalar) o‘rnatilgan kompyuter hisoblanadi.

Veb sahifa - oddiy xat yoki kitob sahifasidan farqli narsa tushuniladi. Veb sahifa - Internet - provayderga xizmat qiluvchi va qandaydir firma, tashkilot yoki shaxsga tegishli xizmat qiluvchining uzoqlashtirilgan kompyuterida qandaydir nom bilan birlashtirilib, joylashgan axborotlar to‘plamidir.

Veb sayt – bir nechta sahifalar turkumi sayt (site) deb ataladi. Veb sayt sahifalari o‘lchamlari shaxsiy kompterning ekrani o‘lchamlariga avtomatik ravishda moslashtiriladi.

Veb portal - so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib, umumiy ma’noda biror narsani birlashtirish, biriktirish nuqtasi ma’nolarida qo‘llaniladi. Internet texnologiyasida esa turli xil universal servislarni birlashtiruvchi yirik sayt ma’nosida qo‘llaniladi.

Global tarmoqlar – turli mamlakatlar yoki qit’alarda, yer yuzining barcha joylarida joylashgan tarmoq foydalanuvchilarini birlashtiradi.

Gipermedia – matndan tashqari boshqa shakldagi ma’lumotlarni ham tavsiya qiluvchi hujjatlar hisoblanadi.     

Gipermatn - Gipermatn ixtiyoriy joyda joylashgan o‘zaro aloqadagi hujjatlar orasidagi aloqa. Ajratilgan jumla yoki so‘zni  "sichqoncha" bilan  bosilganda foydalanuvchi tezgina ushbu mavzu yoritilgan fayllarga o‘tishi mumkin.  

Lokal (mahalliy) tarmoqlar (LAN - Local Agea Network)-bir xonadagi, binodagi, uncha katta bo‘lmagan xududdagi kompyuter tarmoqlari.

Regional (mintaqaviy) tarmoqlar - bir-biridan ancha uzoqda joylashgan kompyuterlar va mahalliy tarmoqlarni o‘zaro bog‘laydi.

Masofali o‘qitish – axborot-kommunikatsion texnologiya (kompyuterlar, telekommunikatsiya, multimedia) vositalari va ilmiy asoslangan o‘qitish usullarini qo‘llab ta’lim (kunduzgi, sirqi, eksternat) olish shaklidir.

Masofali ta’lim (distant education) – axborot texnologiyasini foydalangan holda masofadan turib ta’lim muxiti yordamida o‘quv axborotlarini almashinishni ta’minlaydigan va o‘quv jarayonini olib borish hamda boshqarish tizimini amalga oshiradigan bilim va ko‘nikmalarni egallash jarayoni.

Elektron pochta (E mail)- Jo‘natish uchun mo‘ljallangan elektron xat, ya’ni matnli fayl foydalanuvchining manzili va xat mazmunidan tashkil topadi.

Elektron darslik - kompyuter texnologiyasiga asoslangan o‘quv uslubini qo‘llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o‘quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan.

INTERNET - International Network (xalqaro kompyuter tarmog‘i) - butun dunyo kompyuter tarmog‘i. Internet – WWW gipermatnlarga asoslanib axborot tashkil, uzatish va qabul qilish tizimini amalga oshiradigan xalqaro kompyuter tarmoqidir. 

         WWW - World Wide Web  ("Umumjahon o‘rgimchak to‘ri") - gipermuhitga asoslanib Internetda tashkil qilingan axborotlar tizimi.           

 URL (Uniform Resource Locator - ashyolarni unifikasiya qilingan ko‘rsatuvchisi) - Web-tugunning manzili. URL ko‘rsatkichi odatda hujjatning transport bayonnomasini (masalan, HTTP yoki FTR) va u joylashgan xost - kompyuterning nomini ifodalaydi.  Bundan tashqari URL ko‘rsatkichlari o‘zlarida ushbu kompyuterdagi hujjatga kirish marshrutini ham saqlashi mumkin. Ushbu marshrutlar URL satrining oxirida ko‘rsatiladi. 

Internet portali - deganda internetdan foydalanuvchilarga boshqa saytlardan axborotlar olishga imkon beruvchi, o‘zida ko‘plab o‘quv-uslubiy, ilmiy materiallarni, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni mujassamlashtirish imkoniyati mavjud veb resursdir.

Intranet (Intranet -intratarmoq) - dasturiy mahsulotlari va  Internet texnologiyalarini foydalaniladigan biror tashkilotning mahalliy  korporativ tarmog‘idir, masalan, Web-server Intertarmoqlar brandmauerlar deb ataluvchi maxsus dasturlar yordamida Internetning tashqi foydalanuvchilaridan  ajratilib qo‘yilishi   yoki tashqaridan aloqa qilaolmaydigan avtonom tarmoq sifatida ishlatilishi mumkin.

  1. Tarmoq abonentlari – tarmoqda axborotlarni yuzaga keltiruvchi yoki iste’mol qiluvchi ob’ektlardir. Ularga alohida kompyuterlar, kompyuter komplekslari, sanoat inshootlari, dastur orqali boshqariladigan stanoklar va boshqalar misol bo‘lishi mumkin. Har qanday abonent tarmog‘i stansiyaga ulangan bo‘ladi.
  2.          Stansiya – axborot uzatish va qabul qilish bilan bog‘liq vazifalarni bajaruvchi texnik jihozlar yig‘indisidir.
  3.          Uzel – tarmoqning uzatish vositasiga ulangan har qanday qurilmalar.
  4.          Server - bu tarmoqdagi kompyuterlar va ularga xizmat ko‘rsatadigan tashkilotning kompyuterlaridir.
  5. Servis–provayder – kompyuter tarmoqlari xizmatini tashkil qiluvchi tashkilotlar hisoblanadi.

         HTML formati (Huper Text Markup Language – gipermatnni belgilash tili) – Web sahifalarni yaratishda qo‘llaniladigan til hisoblanadi.

         Multimedia vositalari - informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya (ob’ektlarning fazodagi harakati) effektlari asosida o‘quv materiallarini o‘quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko‘rinishidir.

Zamonaviy axborot texnologiyalari – shaxsiy kompyuterlar va telekommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda foydalanuvchi ishining do‘stona interfeysli axborot texnologiyasidir.