Fan haqida qisqacha ma`lumot

Fanni o’qitishdan maqsadbo’lajak informatika o’qituvchilarini Informatika fanlarini o’qitish, kasbiy faoliyatlarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash, informatikadan turli shakldagi sinf, sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazishga tayyorlash, ta’lim-tarbiya sohasini axborotlashtirish yo’llari va istiqbollari haqidagi tassavvurlarini rivojlashtirish va chuqurlashtirish, informatika o’qituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va makalalarni shaklantirishdan iborat.

Fanning vazifasiinformatika va raqamli texnologiyalar fanining asosiy rivojlanish yo’nalishlari, axborot, uning turlari, xususiyatlari va o’lchov birliklari, axborotlashgan jamiyat, axboriy madaniyat, jamiyat va ta’limning axborotlashtirilishi, kompyuterlarning axboriy-mantiqiy va arifmetik asoslari, elektron hukumat, elektron raqamli imzo, elektron tijorat va raqamli texnologiyalar, virtual borliq, bulutli texnologiyalar, blokcheyn va raqamli media marketing haqida nazariy va amaliy bilimlarni, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.

“Informatika o’qitish metodikasi” fanining o’quv dasturi Finlyandiya va Kembridj tajribasi asosida tahlil qilingan va ishlab chiqilgan.