Fan dasturi
INFORMATIKA O’QITISh METODIKASI
FANINING O’QUV DASTURI
Bilim sohasi: 100000 – Ta’lim
Ta’lim sohasi: 110000 – Ta’lim
Ta’lim yo’nalishi: 5110100 – Matematika va informatika
IO’M1004 |
O’quv yili 2023-2024 |
Semestr 8 |
Kreditlar 6 |
|||
Fan/modul turi Majburiy |
Ta’lim tili O’zbek |
Haftadagi dars soatlari 6 |
||||
1. |
Fanning nomi |
Auditoriya mashg’ulotlari (soat) |
Mustaqil ta’lim (soat) |
Jami yuklama (soat) |
||
Informatika o’qitish metodikasi |
76 Ma’ruza – 24 Amaliy – 12 Labatoriya – 20 Seminar -20 |
104 |
180 |
|||
2. |
I. Fanning mazmuni. Fanni o’qitishdan maqsad – bo’lajak informatika o’qituvchilarini Informatika fanlarini o’qitish, kasbiy faoliyatlarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash, informatikadan turli shakldagi sinf, sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazishga tayyorlash, ta’lim-tarbiya sohasini axborotlashtirish yo’llari va istiqbollari haqidagi tassavvurlarini rivojlashtirish va chuqurlashtirish, informatika o’qituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va makalalarni shaklantirishdan iborat. Fanning vazifasi – informatika va raqamli texnologiyalar fanining asosiy rivojlanish yo’nalishlari, axborot, uning turlari, xususiyatlari va o’lchov birliklari, axborotlashgan jamiyat, axboriy madaniyat, jamiyat va ta’limning axborotlashtirilishi, kompyuterlarning axboriy-mantiqiy va arifmetik asoslari, elektron hukumat, elektron raqamli imzo, elektron tijorat va raqamli texnologiyalar, virtual borliq, bulutli texnologiyalar, blokcheyn va raqamli media marketing haqida nazariy va amaliy bilimlarni, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. “Informatika o’qitish metodikasi” fanining o’quv dasturi Finlyandiya va Kembridj tajribasi asosida tahlil qilingan va ishlab chiqilgan.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-mavzu. Informatika o’qitish metodikasi fan sifatida. Informatika o’qitish metodikasi fani va uning tarixi. Informatika o’qitish metodikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Informatika o’qitish metodikasi va uzluksiz ta’limi tizimidagi o’rni va roli. 2-mavzu. Informatika yo’nalishidagi fanlarini o’qitishda didaktik tamoyillar. Informatika va axborot texnologiyalari o’qitishda didaktik tamoyillar. Didaktik tamoyillar asosida Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish metodikasi. Informatika va axborot texnologiyalari fani mazmunini didaktik tamoyillar asosida o’rganish. 3-mavzu. Uzluksiz tizimida Informatika va axborot texnologiyalari fanlarining mazmuni. Uzluksiz ta’lim tizimida Informatika va axborot texnologiyalarining mazmuni va unga qo’yiladigan talablar. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida Informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmuni va unga qo’yiladigan talablar. 4-mavzu. O’rta maxsus kasb-hunar ta’limida Informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmuni O’rta maxsus kasb-hunar ta’limida Informatika va axborot texnologiyalari fani va uning tutgan o’rni. Informatika va axborot texnologiyalari fani mazmuni va unga qo’yiladigan talablar. Akademik liseylar va kasb-hunar kollejlarida Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari. Umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarda informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda uzviylik va uzluksizlik. 5-mavzu. Uzluksiz ta’lim tizimida Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishning o’quv-metodik ta’minoti. Informatika va axborot texnologiyalari fanining ta’minoti va uning turlari. Informatika va axborot texnologiyalari fanining o’quv-metodik ta’minoti. Uzluksiz ta’lim tizimida Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishning dasturiy ta’minoti. 6-mavzu. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish. Pedagogik dasturiy vositalar va ularning turlari, tavsifi. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish. Pedagogik dasturiy vositalar yaratish uslubiyoti. 7-mavzu. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishning maqsadi va vazifalari. Umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarda informatika va axborot texnolgiyalarini o’qitishning maqsadi va vazifalari. 8-mavzu. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish shakllari. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan o’qitish shakllaridan foydalanish, ularning o’ziga xos xususiyatlari, belgilari va funksiyalari. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishning tashkiliy shakllari. 9-mavzu. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish uslublari. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish uslublari. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishda interaktiv uslublardan foydalanish metodikasi. 10-mavzu. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan nazorat qilish va baholash usullari. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan nazoratni tashkil etish usullari. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan bilimlarini nazorat qilish va baholash. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan Assisment tayyorlash metodikasi. 11-mavzu. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish natijalarini nazorat qilishning metodlari, shakli va turlari. O’qitish natijalari nazoratining og’zaki metodlari. Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish natijalarini mazmuni, maqsadi, ahamiyati. O’qitish natijalarining og’zaki metodlari. Frontal, nazoratli, suhbat, sinov. O’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini eksperimental tekshirish. Yozma ishga baho qo’yish. 12-mavzu. Xalqaro baholash tadqiqotlari va uning mazmun-mohiyati. PISA xalqaro baholash dasturi haqida asosiy tushunchalar. PISA topshiriqlari mazmuni. PISA topshiriqlarining amaliy axamiyati. Topshiriqda integrasiyani amalga oshirish. Mantiqiy-tanqidiy fikrlash asoslari. PISA xalqaro baholash dasturida aqliy faoliyat turlari. PISA xalqaro baholash dasturida “Miqdor”, “Ma’lumotlar va noaniqlilik” mazmun sohasiga oid topshiriqlar. III. Amaliy mashg’ulotlar bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar Amaliy mashg’ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Amaliy mashg’ulotlar multimedia qurulmalari bilam jihozlangan auditoriyada bir akadem guruhga bir professor-o’qituvchi tomonidan o’tkazilishi zarur. Mashg’ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o’tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo’llanilishi maqsadga muvofiq.
3.2. Laboratoriya mashg‘ulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Labaratoriya mashg’ulotlar multimedia qurulmalari bilam jihozlangan auditoriyada bir akadem guruhga ikki professor-o’qituvchi tomonidan o’tkazilishi zarur. Mashg’ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o’tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo’llanilishi maqsadga muvofiq.
3.3. Seminar mashg’ulotlari bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar Seminar mashg’ulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Seminar mashg’ulotlari kompyuter va multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o’qituvchi tomonidan o’tkazilishi zarur. Mashg’ulotlar faol va interfaktiv usullar yordamida o’tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo’llanilishi maqsadga muvofiq.
IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
48. Videokonferensiyani tashkil qilish va undan foydalanish. 49. Virtual dasturlar va ulardan foydalanish. 50. O’quv jarayonida mobil ilovalardan foydalanish. 51. AKTga oid meyoriy-huquqiy xujjatlar va ulardan foydalanish. 52. Moodle tizimida fanga oid on-line kurslarni tashkil etish.
Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo’yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi. |
|||||
3. |
V. Ta’lim natijalari (Kasbiy kompetensiyalari) Talaba bilishi kerak:
|
|||||
4. |
VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
|
|||||
5. |
VII. Kreditlarni olish uchun talablar: Fanga oid ilmiy-nazariy tushunchalarni to’la o’zlashtirish, egallagan nazariy bilimlarni amalda qo’llash va natijalarni to’g’ri aks ettira olish, o’rganilayotgan fan doirasida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa hamda topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo’yicha yozma ishni topshirish. |
|||||
6. |
Asosiy adabiyotlar:
Qo’shimcha adabiyotlar:
Axborot manbalari:
|
|||||
7. |
Fanning o‘quv dasturi Jizzax davlat pedagogika universiteti Kengashining 2023 yil “___” ___________ -sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan. |
|||||
8. |
Fan/modul uchun mas’ullar: R.M.Yusupov - Informatika va raqamli ta’lim texnologiyalari kafedrasi dotsenti, U.E. Mamatqulova - Informatika va raqamli ta’lim texnologiyalari kafedrasi katta o’qituvchisi |
|||||
9. |
Taqrizchilar: S.X.Aliboyev – O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali “Axborot tizimlari va texnologiyalari” katta o‘qituvchisi p.f.f.d. (PhD). O.R.Yusupov – Samarqand davlat unversiteti dasturiy injenering kafedrasi mudiri, t.f.f.d. (PhD). |
|||||